OneCode.
Abdulloh / Front-End Developer

OneCode.

React va Next.js ekotizimida yuqori tezlikda ishlaydigan, interaktiv veb-saytlar va foydalanuvchiga qulay interfeyslar yarataman.

Men haqimda

Salom! Mening ismim Abdulloh, yoshim 23 da. Dasturlash olamiga 18 yoshimda, Toshkentdagi "Najot Ta'lim" markazida front-end yo'nalishi bo'yicha qadam qo'yganman. O'tgan 4 yillik vaqt ichida oddiy kod yozuvchidan yirik tizimlarni avtomatlashtiruvchi va xalqaro miqyosda frilans loyihalarni muvaffaqiyatli topshiruvchi dasturchigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdim.

Faoliyatim davomida ko'plab kompaniyalar, yirik o'quv markazlari va davlat tashkilotlari uchun raqamli yechimlar yaratdim. Doimiy ravishda Next.js, TypeScript va eng so'nggi front-end tendensiyalari bilan ishlayman. Maqsadim — murakkab biznes jarayonlarni sodda, chiroyli va yuqori tezlikda ishlaydigan interfeyslar orqali foydalanuvchilarga taqdim etish.

4+

Yillik Tajriba

20+

Yirik Loyihalar

Ish tajribasi

2024 - HozirgachaKwork

Freelance Front-End Developer

Xalqaro frilans platformasida parallel ravishda 60 dan ortiq katta va kichik turli murakkablikdagi veb-loyiha hamda interfeyslarni muvaffaqiyatli ishlab chiqish, mijozlar bilan to'g'ridan-to'g'ri texnik shartnomalar tuzish.

2024 - 2025Wester School

Front-End Developer / Avtomatlashtirish mutaxassisi

10 ta filial, 150+ o'qituvchi va 5000+ o'quvchiga ega Andijondagi yirik o'quv markazini avtomatlashtirish tizimini ishlab chiqish. 'FaceApp ekotizimi' va 'EcoUstoz' loyihalarini yaratish.

2024 (5 oy)NovaCode

Front-End Developer

Yirik veb-platformalar ustida ishlash. 'cloudplay.uz' va 'aspomish.uz' kabi real loyihalarning front-end qismini professional darajada ishlab chiqish va foydalanuvchilarga topshirish.

2024 (4 oy)Findwork

Front-End Developer

OLX platformasiga o'xshash, e'lonlar va vakansiyalar joylashtiriladigan 'findwork.uz' yirik qidiruv hamda e'lonlar tizimining veb-interfeysini ishlab chiqishda faol qatnashish.

2023 - 2024ITstation

Dasturlash o'qituvchisi

1¼ yil davomida dasturlash asoslari va front-end yo'nalishida dars berish. 120 dan ortiq o'quvchilarga mentorlik qilib, ularni sohaga yo'naltirish.

2022 - 2023 (1.5 yil)Digital City (Andijon)

Front-End Developer

Andijon viloyati hokimligi loyihalari, 'Hokim Akademiyasi' va shu kabi 5 dan ortiq davlat va xususiy sektorga tegishli yuqori mas'uliyatli tizimlarni front-end qismini yaratish.

Portfolio